Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe yangi jamoasi safida qachon debyut qilishi ma’lum bo’ldi.
Marca nashrining xabariga ko’ra, forvard UEFA Superkubogi doirasida “Atalanta”ga qarshi o’yinda “qaymoqranglilar” safida ilk bor maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, ushbu bahs 14-avgustdan 15-avgustga o’tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.