Belgiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua milliy terma jamoaga Dominiko Tedeska bosh murabbiylik qilayotgan paytda qaytmasligini aytdi.
“Afsuski, murabbiy bilan bo’lgan voqealardan so’ng ko’p o’ylab, uning boshchiligidagi Belgiya terma jamoasiga qaytmaslikka qaror qildim”, – deb yozdi Kurtua o’z ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o’tamiz, Tibo Kurtua va Dominiko Tedeska o’rtasida Yevro-2024 saralash bosqichida o’zaro mojaro yuzaga kelgan. Bunga sabab jamoa sardori Kevin De Bruynega o’rinbosar qilib Romelu Lukaku tanlanganligida edi.