Londonning “Chelsi” klubi vingeri Mixail Mudrik qishki transferlar vaqtida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Bu haqda Footiecentral xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “aristokratlar” Mudrikni yanvar oyida sotishga qaror qilgan. Hozirda ukrainalik futbolchiga “Aston Villa” va “Vest Xem” qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Mudrik joriy mavsum klub safida jami 16 ta o’yin o’tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.