Londonning “Chelsi” klubi markaziy yarim himoyachisi Konor Gallaher 21-avgust kuni “Atletiko Madrid” futbolchisi sifatida rasman e’lon qilinadi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Gallaher “matraschilar” bilan 2029-yilgacha mo’ljallangan shartnoma imzolagan. Qayd etilishicha, “Atletiko” 24 yoshli futbolchining transferi uchun 40-45 million yevro to’lagan.
Ma’lumot uchun, Gallaher o’tgan mavsum barcha turnirlarda 50 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.