“Roma” klubi hujumchisi Paulo Dibala yozgi transferlar oynasida Rim klubini tark etmaydi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, uch yilga mo’ljallangan, umumiy 75 million yevro to’lashga tayyor bo’lgan “Al-Qodisiya”ning taklifi rad etilgan.
Eslatib o’tamiz, Dibala 2022-yilning yozida erkin agent sifatida “Roma”ga ko’chib o’tgandi. 30 yoshli hujumchi rimliklar safida jami 78 ta o’yinda maydonga tushib, 34 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, forvardning narxi 20 million yevroga baholanmoqda.