“Real Sosedad” yarim himoyachisi Mikel Merino Londonning “Arsenal” klubiga o’tishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, “kanonirlar” ushbu transfer uchun 32+5 million yevro to’laydi va futbolchi bilan 2028-yilning yoziga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolanadi.
Manbaga ko’ra, tomonlar hozirda transfer borasida kelishuvga erishgan. Faqatgina kichik detallar hal qilinishi qoldi, holos.
Ma’lumot uchun, Merino Yevro-2024 g’olibi hisoblanadi. Uning “Real Sosedad” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.