Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasi 5-turidan o’rin olgan bahsda “Brest” darvozasini ikki bor ishg’ol etdi (3:0).
Bu 36 yoshli forvard uchun Chempionlar ligasidagi 100 va 101-gollari edi. Avvalroq, Chempionlar ligasida 100 ta gollik dovonga faqatgina Krishtianu Ronaldu (140 ta) va Lionel Messi (129 ta) yeta olgandi.
“Men baxtliman. Bu yaxshi raqam. Ko’p yillar oldin Chempionlar ligasida 100 dan ortiq gol ura olaman deb o’ylamagan bo’lardim.
Krishtianu va Messi bilan bir qatorda turish – ajoyib. Bugun biz bir jamoa bo’lib o’ynadik. Endi biz Chempionlar ligasi va La Ligadagi keyingi o’yinlar haqida o’ylashimiz kerak”, – deydi Levandovski.