FourFourTwo nashri Angliya Premyer ligasi tarixidagi eng yaxshi vingerlar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko’ra, birinchi o’rinni Muhammad Saloh (“Liverpul”, “Chelsi”) egallagan. Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”) ikkinchi, Son Xyon Min (“Tottenhem”) uchinchi o’rinni band etgan.
Shuningdek, kuchli o’nlikdan Eden Azar (“Chelsi”), Sadio Mane (“Sautgempton”, “Liverpul”), Garet Beyl (“Sautgempton”, “Tottenhem”), Robert Pires (“Arsenal”, “Aston Villa”), Rayan Giggz (“Manchester Yunayted”), Riyad Mahrez (“Lester”, “Manchester Siti”) va Devid Bekxem (“Manchester Yunayted”) joy olgan.
Eslatib o’tamiz, Premyer liganing joriy mavsumi 1-turida Saloh gol urdi. Shu tariqa, futbolchi dastlabki turlarda gol+pas tizimi bo’yicha Premyer liga tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylandi (9 ta gol, 5 ta golli uzatma).