Londonning “Arsenal” klubi Kingsli Komanga qiziqish bildirmoqda.
Daily Mail xabariga ko’ra, “kanonirlar” joriy transferlar oynasi yopilgunga qadar “Bavariya” vingerini o’z safiga qo’shib olishni rejalashtirmoqda. Mikel Arteta qanotlarda raqobatni kuchaytirmoqchi.
Manbaga ko’ra, 28 yoshli futbolchi shu haftada “Bavariya”ni tark etishi mumkin. Unga, shuningdek, Saudiyadan ham takliflar bor.
Qayd etilishicha, “Al-Hilol” myunxenliklar bilan transfer shartlari bo’yicha kelishuvga erishgan.
Koman hozirda “Bavariya”da haftasiga taxminan 300 ming funt maosh oladi. Saudiyaliklardan farqli o’laroq, “Arsenal”ning bunday katta moashga ega futbolchini sotib olishi so’roq ostida qolmoqda.
Ma’lumot uchun, fransiyalik vingerning “Bavariya” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilda yakuniga yetadi. U o’tgan mavsum Bundesligada 17 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.