Madridning “Real” klubi “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devisni 2025-yilda tekinga qo’lga kiritadi.
Mateo Morettoning xabariga ko’ra, 23 yoshli kanadalik himoyachining transferi kelasi yilning yozida, u erkin agentga aylamganidan so’ng amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, myunxenliklar ham bunga roziligini bildirgan. Klub endilikda 2021-yilda erkin agent sifatida “Real”ga o’tgan David Alaba bilan bo’lgan vaziyat qayta takrorlanishini kutmoqda.
Eslatib o’tamiz, Alfonso Devis 2018/2019-yilgi mavsumdan beri “Bavariya” safida to’p surmoqda. Hozirda uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.