“Real Madrid” va PSJ klublari “Chelsi” himoyachisi Josh Achimpongni o’z safiga qo’shib olmoqchi.
18 yoshli futbolchi o’tgan mavsum londonliklar safida bitta o’yin o’tkazib, Premyer ligada debyut qilgan.
The Independent xabariga ko’ra, “Real” va PSJ Achimpong uchun 15 million yevro to’lashga tayyorligini bildirgan.
Manbaga ko’ra, Achimpong Dani Karvaxal va Ashraf Hakimiga o’rinbosar sifatida qaralmoqda.