Saudiya Arabistoni Superkubogi uchun bahsda “Al-Nasr” va “Al-Hilol” o’zaro to’qnash keldi.
Birinchi bo’limdan so’ng “Al-Nasr” Ronalduning yagona goli evaziga hisobda oldinda borayotgandi. Biroq ikkinchi bo’limda “Al-Hilol” to’rtta gol urib, Superkubokni qo’lga kiritdi.
Ronalduning to’rtinchi gol o’tkazib yuborilgandan so’ng qilgan xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda. U jamoasining xuddiki maydonda uxlab qolganini imo-ishoralar orqali ko’rsatishga harakat qildi.

Eslatib o’tamiz, ushbu mag’lubiyatdan so’ng “Al-Nasr” Luis Kastroni bosh murabbiylikdan chetlatishi haqida xabarlar paydo bo’ldi.