PSJ klubi yarim himoyachisi Karlos Soler tez orada klubini o’zgartirishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko’ra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Vest Hem” klubi qiziqish bildirmoqda. Parijliklar ham ushbu transferga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Soler PSJ safida jami 63 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, futbolchi 20 million yevroga baholanmoqda.