Kataloniyaning “Barselona” klubi “Liverpul”ning 27 yoshli vingeri Luis Diasni o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Mundo Deportivo xabariga ko’ra, kataloniyaliklar “Liverpul”ga transfer uchun 55-60 million yevro to’lashga tayyorligini bildirgan. Biroq mersisaydliklarni bu narx qoniqtirmayapti. Ular futbolchi uchun 62 million yevrodan ko’proq mablag’ talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, o’tgan mavsum Dias barcha turnirlarda 51 ta o’yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Liverpul” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.