“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaga kelganidan so’ng birinchi navbatda nimaning ustida ishlashni boshlashi haqida gapirdi.
“Men uchun eng muhimi bu shaxsiyat. Biz birinchi kundan boshlab, birinchi o’yindan boshlab o’zligimiz ustida ishlaymiz”, – deydi Amorim.
Ma’lumot uchun, hozirda “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida 15 ochko bilan 13-o’rinda bormoqda.