“Roma” futbolchilari klub rahbariyatining Daniele De Rossini bosh murabbiylikdan bo’shatish haqidagi qaroriga qarshi chiqishdi. Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Lerenso Pellegrini va Janluka Manchini jamoa yetakchilari sifatida rahbariyat bilan uchrashib, De Rossining iste’fosi sabablarini o’rganishgan.
Biroq ushbu uchrashuv juda kech bo’lib o’tgan. Qayd etilishicha, Pellegrini va Manchini o’tgan haftada klub futbolchilaridan De Rossi haqidagi fikrlarini so’ragan.
Ma’lumot uchun, 41 yoshli mutaxassis 2024-yilning yanvar oyidan beri “Roma”ni boshqarib kelayotgandi. U 18-sentyabr kuni o’z lavozimidan ozod etildi.