Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich ingliz klublarida biri bo’lgan “Suonsi Siti” aksiyadoriga aylanishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 39 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan kelishuv allaqachon yakunlangan va u klub aksiyalarining kichik qismini sotib oladi.
Qayd etilishicha, bu holat Modrichning faoliyatiga ta’sir qilmaydi va u keyin ham “Real” safida o’ynashni davom ettiradi.
Eslatib o’tamiz, Luka Modrich 2008-yildan 2012-yilgacha “Tottenhem” sharafini himoya qilgan. Keyinchalik “Real” bilan shartnoma imzolab, ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritgan.