La Liga prezidenti Xaver Tebas “Real” vingeri Vinisius Juniorni qaroqchilikda aybladi.
Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasidagi “Liverpul”ga qarshi o’yinni o’tkazib yubordi. Keyinchalik Vinisius uchrashuvni televizorda tomosha qilgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.
Ushbu videodan ko’rinadiki, Vinisius o’yinni ispan telekanalida emas, balki Braziliya telekanalida tomosha qilgan.
Tebas esa Madrid klubiga xat yozib, braziliyalik futbolchining xatti-harakatlarini “qaroqchilik” deb atagan.
“Agar u Madridda bo’lsa va menimcha, u Madridda bo’lgan bo’lsa, bu qaroqchilik. Ispaniyada Chempionlar ligasini tomosha qilish uchun maxsus telekanal orqali kirish kerak.
O’yinni tomosha qilish uchun u VPN yoki sun’iy yo’ldosh antennasini boshqa joyga o’rnatishi kerak edi. U uchrashuvni maxsus telekanaldan chetlab o’tib tomosha qilgan bo’lishi kerak.
Vinisius bu o’yinni o’g’irladi. Biz keyingi safar bunday bo’lmasligini talab qildik”, – deya Tebasning so’zlarini keltiradi Relevo.