Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Marko Roys rasman “Los-Anjelos Gelaksi” safiga borib qo’shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar 2026-yilning oxiriga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Marko Roys faoliyatining so’nggi 12 yilini “Borussiya Dortmund” safida o’tkazdi. Bu davr ichida vinger 2 marta Germaniya Kubogi, 3 marta Germaniya Superkubogini qo’lga kiritgan. Shuningdek, ikki bor Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.