Rossiya kubogi ikkinchi turidan o’rin olgan bahsda SSKA o’z maydonida “Nijniy Novgorod”ni qabul qildi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad moskvaliklarga kulib boqdi (4:2).
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 87-daqiqada zahiraga olindi.
Rossiya kubogi. 2-tur
SSKA 1:1 “Nijniy Novgorod” (pen. 4:2)
14-avgust, chorshanba
Gollar: 0:1 – 32 Ze Turbo, 1:1 – 60 Diveyev.