Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe PSJ ustidan manaviy haqorat uchun shikoyat qildi. Parij prokuraturasi ushbu ish yuzasidan tergov boshladi. Bu haqda AFP nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Mbappe 2025-yilning may oyida PSJ’ga qarshi da’vo arizasini yozgan. U “manaviy tazyiq” va tovlamachilik qilinganidan shikoyat qilgan.
PSJ va Mbappe o’rtasida kelishmovchilik 2023-yilning yozida yuzaga kelgan. O’shanda parijliklar Kiliandan shartnomani uzaytirmasligini eshitgach, hujumchini mashg’ulotlardan chetlatgandi.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2024-yilning yozida “Real” safiga kelib qo’shildi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 56 ta o’yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.