Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bruyne Millatlar Ligasi 2-turidan o’rin olgan Fransiyaga qarshi o’yindan so’ng jamoadoshlarini tanqid qildi.
Ushbu bahs 0:2 hisobida fransuzlar foydasiga hal bo’ldi.
“Biz har tomonlama yaxshilanishimiz kerak, hozir yuqori darajada emasmiz. Lekin aynan shu sababdan biz borimizni berishimiz kerak.
Men 2018-yilgi darajada emasligimizni tan olaman. Gap qayta qurishda emas, balki ba’zilar o’z vazifalarini bajarmayotganida. Lekin men ularni kimligini ochiq ayta olmayman”, – deydi De Bruyne.
Ma’lumot uchun, Belgiya Millatlar Ligasi 2-turidan so’ng 3 ochko jamg’argan holda, turnir jadvalida 3-o’rinda bormoqda.