Opta tahlilchilari superkompyuter yordamida Bundesliganing bo’lajak chempionini tahmin qilishdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, “Bayer” chempionlik unvonini himoya qilishi kutilmoqda. Leverkuzenliklarning imkoniyati 49,1 foizga teng deb baholangan.
“Bavariya”ning chempion bo’lish imkoniyatilari esa 21,3 foizga teng. “Borussiya Dortmund” va “Leypsig”ning imkoniyatlari deyarli bir xil deb tahmin qilinmoqda – 12,9 va 12,5.
Eslatib o’tamiz, o’tgan mavsum “Bayer” 34 ta o’yinda 90 ochko jamg’arib, mamlakat chempionligini qo’lga kiritgandi.