“Liverpul” yozgi transferlar vaqtida jamoa hujumchisi Diogo Jota bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, futbolchi o’yini bosh murabbiy Anre Slotni qoniqtirmayapti. Hozirda 28 yoshli portugaliyalik hujumchiga “Arsenal” va Saudiyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Jota 2020-yildan buyon mersisaydliklar safida o’ynab kelmoqda. U joriy mavsumda 26 ta o’yin o’tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.