Turinning “Yuventus” klubi darvozabon Voytsex Shesni bilan o’zaro kelishuvga muvofiq shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli polshalik kiper faoliyatining so’nggi yetti yilini Turinda o’tkazdi. O’tgan mavsumda “Yuventus” safida 35 ta o’yinda maydonga tushdi.
Shesni jamoa bilan birgalikda 3 marta Skudettoni, 3 mart Italiya kubogini va 2 marta Italiya Superkubogini qo’lga kiritgan.