Samir Handanovich “Inter U17” jamoasini boshqaradi.
40 yoshli sloveniyalik darvozabon 11 yil “Inter”da o’ynagan va 2023-yilda faoliyatini yakunlagan.
Kiper “neradzurrilar” tarkibida 455 ta o’yin o’tkazib, 471 ta gol o’tkazib yuborgan va 166 ta o’yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Shuningdek, Handanovich penaltilarni qaytarish bo’yicha A Seriya rekordchisi hisoblanadi (32 ta).