Ligalar kubogi 1/8 finalida “Inter Mayami” “Kolambus Kryu”ga imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashdi.
Lionel Messi Kopa Amerika finalida olgan jarohati sabab ushbu bahsni o’tkazib yubordi.
“Inter Mayami” yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoaning Ligalar kubogidan chiqib ketganiga munosabat bildirdi.
“Leo biz bilan bo’lishini istardim. Lekin futbolda jarohatlar va tiklanishlar bo’ladi. Uning borligi biz uchun juda muhim, chunki ishonchim komilki, u biz bilan bo’lganida hammasi boshqacha bo’lardi, bizda ko’plab yaxshi imkoniyatlar bo’lardi.
Biz ko’plab qarshi hujumlarga o’tdik. Ularda bizga yakuniy pas beradigan va yakuniy nuqta qo’yadigan futbolchi yetishmadi. Afsus, biz turnirni davom ettirmoqchi edik va oxirgacha kurashdik”, – dedi Buskets.
Eslatib o’tamiz, Ligalar kubogi nimchorak finalida “Inter Mayami” dastlab 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda 2:3 hisobida mag’lub bo’ldi.