Madridning “Real” klubi markaziy yarim himoyachisi Jud Bellingem Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatidan so’ng yelkasidan operatsiya qilinadi. Angliyalik futbolchi 2023-yildan buyon og’riq bilan o’ynab kelmoqda.
“Hozir hammasi joyida, og’riq unchalik kuchli emas. Turnir yakunlanganidan so’ng operatsiya qilish rejalashtirilgan. Men bundan xursandman. Men endi korset kiya olmayman. Operatsiyaga tayyorman”, – deydi Bellingem.
Eslatib o’tamiz, Jud Bellingem 2023-yildan beri “Real” safida to’p surmoqda. Shuningdek, u faoliyati davomida “Borussiya Dortmund” va “Birmengem” klublari sharafini ham himoya qilgan.