Opta tahlilchilari superkompyuter yordamida La Liganing yangi mavsumdagi chempionini tahmin qilishdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, “Real Madrid” chempionlik unvonini himoya qilishi kutilmoqda. “Qirollik klubi”ning imkoniyatlari 86 foizga teng deb baholangan.
“Barselona”ning chempion bo’lish imkoniyatilari esa 10,3 foizga teng, ammo “ko’k-anorranglilar”ning mavsumni ikkinchi o’rinda yakunlash ehtimoli katta deb hisoblangan (50,6 foiz).
Eslatib o’tamiz, “Real” o’tgan mavsum La Ligada 38 ta o’yinda 95 ochko to’plab, o’ttiz oltinchi bor mamlakat chempionligini qo’lga kiritgandi.