“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS jamoasida o’ynashda davom etmoqchi. Bu haqda Talksport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, argentinalik futbolchi Florida klubida shartnomada ko’rsatilgan muddatning oxirigacha qolmoqchi. Tomonlar o’rtasidagi amaldagi kelishuv kelasi yilning oxirida tugaydi.
Bundan tashqari, Messi JCh-2026 oldidan o’yin amaliyotiga ega bo’lish uchun hamkorlikni 2026-yilgacha uzaytirish variantini ham ko’rib chiqishga tayyor.
Eslatib o’tamiz, Leo o’tgan yozda “Inter Mayami” safiga kelib qo’shilgandi. Forvard klub tarkibida 39 ta o’yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.