O’zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi sezilarli darajada oshib, 12 million yevrodan 35 million yevroga yetdi.
Transfermarkt portali hamyurtimizning narxi ko’tarilishiga asosiy sabablarni keltirib o’tdi.
“Husanovning bozor qiymati deyarli uch baravar ko’tarildi va bu bir necha omillarga bog’liq.
Asosiy omil – transfer narxining yuqoriligi. “Manchester Siti” Husanovni “Lans”dan 40 million yevroga sotib olib, yana 10 million yevro bonus ham to’ladi. Abduqodir yangi jamoa va yangi ligaga tez va muvaffaqiyatli moslashdi. APL Liga 1’ga qaraganda murakkab va intensiv chempionat hisoblanadi.
Bundan tashqari, Husanov jismonan kuchli futbolchilardan biri. Shu bilan birga, so’nggi yillarda tezkor markaziy himoyachilarga talab oshdi. Uning yuqori tezligi “Manchester Siti” to’pni yo’qotgan taqdirda tez himoyaga qaytishga imkon beradi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Husanov APL’da eng ko’p narxi oshgan futbolchilar ichida TOP-5 likka kirgani haqida xabar berilgandi.