Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Xuan Laporta jamoaga Niko Uilyams kerak emasligini aytdi.
Gamper kubogi doirasida “Monako” bilan o’yindan so’ng muxlislardan biri kataloniyaliklar prezidentiga: “Laporta, Niko bilan shartnoma imzola”, – deb so’ragan.
Bunga esa Laporta: “Tarkibimiz allaqachon yaxshi”, – deya javob bergan.
Ma’lumot uchun, kecha Uilyams yangi mavsumda “Atletik” safida 10-raqamda harakat qilishi ma’lum bo’lgandi. Xabar qilinishicha, “Barselona” Nikoga muqobil variant izlashni boshlagan.