“Aston Villa” “Chelsi” hujumchisi Romelu Lukakuni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Il Mattino nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, birmingemliklar Lukaku bilan shartnoma imzolashga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, belgiyalik futbolchiga hozirda asosiy davogar “Napoli” hisoblanadi. Biroq neapolliklar forvardni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. “Chelsi” esa Lukakuni to’liq transfer qilishni rejalashtirgan.
Romeluning o’zi ham “Napoli”ga o’tishga qarshi emas. “Chelsi” ushbu transfer uchun 40 million yevro talab qilmoqda.
Eslatib o’tamiz, Lukaku o’tgan mavsumni “Roma”da ijarada o’tkazgandi.