“Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares keyingi hafta boshida “Atletiko Madrid” safiga borib qo’shilishi mumkin.
Luis Merlo xabariga ko’ra, argentinalik forvard dushanba kuni yangi jamoasi uchun tibbiy ko’rikdan o’tadi va hammasi ijobiy yakunlansa, 2029-yilning yozigacha mo’ljallangan shartnoma imzolaydi.
Avvalroq “matraschilar” 24 yoshli hujumchining transferi bo’yicha “Manchester Siti” bilan 75+20 million yevro evaziga kelishuvga erishgani ma’lum bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, Alvares o’tgan mavsum Premyer ligada 36 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.