Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Matias Soule tez orada “Roma” futbolchisiga aylanadi. Klublar transfer shartlari bo’yicha barcha tafsilotlarni kelishib olgan.
Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, kelishuv qiymati 26 million yevroni tashkil qilgan. Shuningdek, “Yuventus” yana 4 million yevroni turli xil bonuslar ko’rinishda olishi mumkin. Bundan tashqari, “Keksa sinora” Matiasning kelajakdagi transferidan 10 foiz ulush ham oladi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli forvardni “Lester Siti” va “Vest Xem” klublari ham o’z safiga qo’shib olmoqchi bo’lgan. Biroq futbolchi “Roma” variantini ma’qul ko’rgan.