“Roma” o’tgan yilning sentyabr oyida jamoaga kelib qo’shilgan 36 yoshli markaziy himoyachi Mats Hummels bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Bu haqda jurnalist Patrik Berger xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Hummels katta ehtimol bilan mavsum oxirida jamoani tark etadi.
Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 17 ta o’yin o’tkazib, bitta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 3,5 million yevroga baholanmoqda.