“Barselona”ni erkin agent sifatida tark etgan Serxi Roberto faoliyatini “Fiorentina”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Manbaga ko’ra, italyanlar 32 yoshli futbolchini o’z safiga qo’shib olmoqchi. Shuningdek, Robertoga “Roma” va Sesk Fabregas bosh murabbiylik qilayotgan “Komo” ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Serxi “Barselona”da o’tkazgan 13 yillik faoliyatidan so’ng klubni tark etishini ma’lum qilgandi.