UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o’yinida Kataloniyaning “Barselona” klubi Dortmundning “Borussiya”siga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Shu tariqa, “ko’k-anorranglilar”ning 24 o’yinlik mag’lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi. Katalon grandi oxirgi marta o’tgan yilning 21-dekabr sanasida La Liga doirasida “Atletiko”ga mag’lub bo’lgandi.
Jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik mag’lubiyat seriyaning davomiyligi bo’yicha “Barselona”ning top-3 murabbiylari qatoriga kira olmadi. Nemis mutaxassisi Frank Raykard bilan 4-o’rinni bo’lishib oldi.
Ma’lumot uchun, seriyaning davomiyligi bo’yicha kuchli uchlikdan Pep Gvardiola (28 ta), Ernesto Valverde (29 ta) va Luis Enrike (39 ta) joy olgan.