“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva Angliya Premyer ligasining yangi mavsumida nimalarni kutayotgani haqida fikr bildirdi.
“Raqiblarimiz yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzoladi. “Arsenal” yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. “Liverpul” har doim juda kuchli. “Tottenxem”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” mavsumni u qadar yaxshi o’tazolmadi, lekin biz har narsaga tayyor bo’lishimiz kerak.
Jamoadoshlarim mag’lubiyatni yoqtirmaydi. Mavsumni hamma kabi qiyin bo’lishini bilgan holda tayyorgarlik ko’ryapmiz. Biz har doim g’alaba qozona olmaymiz. Bir kun kelib biz ham mag’lub bo’lamiz. Umid qilamanki, bu mavsum emas. Lekin bu bir kun kelib sodir bo’ladi”, – deydi Silva.
Eslatib o’tamiz, “Manchester Siti” o’tgan mavsum ketma-ket to’rtinchi va so’nggi yetti yil ichida oltinchi marta APL chempioni bo’ldi.