Londonning “Chelsi” klubi vingeri Joau Feliks faoliyatini “Milan”da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar mavsum oxiriga qadar mo’ljallangan ijara shartnomasi imzolagan. Portugaliyalik futbolchi yangi jamoasi safida 79-raqamda harakat qiladi.
Eslatib o’tamiz, Feliks o’tgan yozda “Atletiko”dan “Chelsi”ga ko’chib o’tgandi. Vinger joriy mavsum barcha turnirlarda 20 ta o’yin o’tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.