Ispaniyalik himoyachi Serxi Roberto “Barselona”ni tark etishini ma’lum qildi.
“Kataloniya xalqi, birgalikda bosib o’tgan butun sayohatimiz uchun sizga rahmat aytish vaqti keldi. “Barsa” bardavom yashasin”, – dedi Roberto.
Eslatib o’tamiz, futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2024-yilning 30-iyunida yakuniga yetgandi.
Ma’lumot uchun, Roberto o’tgan mavsum barcha turnirlarda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.