“Valensiya” klubi himoyachisi Kristian Moskera faoliyatini La Liganing top-klubida davom ettirishi mumkin.
Todofichajes xabariga ko’ra, 20 yoshli futbolchining transferiga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, “Qirollik klubi” David Alaba va Eder Militaoning jarohati sabab himoya chizig’ini kuchaytirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Moskeraning “ko’rshapalaklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning o’rtalariga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.