“Inter”ni erkin agent sifatida tark etgan Aleksis Sanchez faoliyatini “Udineze”da davom ettiradi. Bu haqda “zebra”lar matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko’ra, Sanchez “Udineze” bilan 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolagan. Uning rasmiy tanishtiruv marosimi 14-avgust kuniga rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Sanchez 2006-yildan 2011-yilga qadar “Udineze” safida faoliyat yuritgan. Bu davr ichida forvard 95 ta o’yin o’tkazib, 20 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan.