“Metallurg” klubi Superliganing 17-turida ham g’alaba qozona olmadi.
O’z maydonida “Dinamo”ni qabul qilgan bekobodliklar minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, “Metallurg” o’z atnirekordini yangilashda davom etadi. Klub 17 turdan buyon g’alaba nimaligini bilmayapti.
Bungacha jamoaning tarixdagi eng yomon natijasi 2005 va 2007-yillarda qayd etilgan. O’shanda chempionat doirasidagi dastlabki g’alaba 9-turga kelib qo’lga kiritilgan edi.