Endrik “Real” tarixida gol urgan eng yosh legionerga aylandi.
Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 2-turida “Valyodalid”ga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g’alaba qozondi. Endrik ikkinchi bo’limda zahiradan maydonga tushdi va o’yinga yakuniy nuqta qo’ydi.
Hujumchi 18 yosh 35 kunligida “qaymoqranglilar” libosida gol urdi va klub tarixidagi rasmiy o’yinlarda gol urgan eng yosh xorijlik futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, bundan avvalgi rekord fransiyalik himoyachi Rafael Varanga tegishli edi. U 2018-yilda 18 yosh 152 kunligida “Rayo Valekano” darvozasini ishg’ol qilgandi.