Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” haqida gapirdi.
“Menimcha, “Manchester Yunayted”ni qayta qurish kerak. Murabbiyning aytishicha, jamoa mamlakat chempionligi va Chempionlar ligasi g’olibligi uchun kurasha olmaydi.
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bunday demasligi kerak. Agar Ten Xag Rud Van Nistelroyni tinglasa, bu unga yordam beradi. Chunki u klubni yaxshi biladi.
Shuningdek, Pol Skoulz, Gari Nevill va ayniqsa ser Aleks Fergyusondan saboq olishi lozim. Bilimsiz klubni qayta tiklab bo’lmaydi”, – deydi Ronaldu.
Eslatib o’tamiz, “Manchester Yunayted” APL’ning ortda qolgan uchta turidan so’ng 3 ochko jamg’argan holda, turnir jadvalida 14-o’rinda bormoqda.