“Roma” klubi hujumchisi Paulo Dibala Saudiyadan kelgan navbatdagi taklifni ham rad etdi.
Nikolo Skiraning xabariga ko’ra, “Al-Qodisiya” argentinalik futbolchiga 25 million yevrodan to’rt yillik shartnoma taklif qilgan. Biroq Dibala Rimda qolishga qaror qilgan. U jamoasi bilan sovrin yutmoqchi.
“Al-Qodisiya” yangi mavsum Saudiya Pro Ligasida ishtirok etadi. Jamoa mavsum oralig’ida Esekel Fernandes, Per-Emerik Obameyang, Nacho, Naytan Nandez va Kun Kastelslar bilan shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Dibala o’tgan mavsum “Roma” safida 39 ta o’yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.