Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.
Uning fikricha, angliyalik yarim himoyachi Madrid klubida yuksak marralarni zabt eta oladi va o’z zamonasining eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi.
“Jud Bellingem ulkan salohiyatga, ulkan iste’dodga ega. U Kamavinga, Rodrigo va Vinisius kabi o’sib bormoqda.
U uni eng yuqori cho’qqiga olib chiqadigan jamoada. Jud o’z zamonasining eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi”, – deydi Ronaldu o’zining YouTube kanalidagi videolaridan birida.
Eslatib o’tamiz, Jud Bellingem 2023-yilning yozida “Borussiya Dortmund”dan “Real” safiga kelib qo’shilgan. Bu davr ichida u barcha musobaqalarda 43 ta o’yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachining madridliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.