Rimning “Roma” klubi hujumchisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyatini B Seriyada davom ettirishi mumkin.
RomaPress nashrining xabariga ko’ra, Shomurodovga Andre Pirlo boshqaruvidagi “Sampdoriya” klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq hozirchi kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan.
Shuningdek, Eldorni “Verona” ham o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Shomurodov o’tgan mavsumni “Kalyari” safida o’tkazdi. Ushbu jamoa tarkibida 24 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.