Fransiya futbol federatsiyasi PSJ’ning Kilian Mbappega maosh va bonuslar to’lanmagani bo’yicha qaror ustidan bergan apellyatsiyasini rad etdi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Fransiya Professional futbol Ligasi PSJ’ga Mbappe oldidagi qarzdorligini (55 million yevro) to’lashni buyurgan. Biroq klub bu qarorni rad etib, apellyatsiya bergandi.
Qayd etilishicha, Parij klubining Kilian oldidagi to’lanmagan qarzi maoshi bilan bir qatorda bonuslarni ham o’z ichiga oladi.